"O`zdonmahsulot" AK

Qorovulbozordan xushxabar

Respublikamizning barcha hududlarida 2018 yil boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida va qisqa muddatlarda sifatli yig‘ishtirib olish hamda davlat resurslariga g‘alla sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida jadal sa'y-harakatlar olib borilyapti.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 29 maydagi PQ-3754-sonli qarori muhim qonuniy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ezgu maqsad ila boshlangan, xalq manfaati yo‘lida amalga oshirilgan har qanday ish shubhasiz o‘zining ijobiy natijasini beradi. G‘alla hosili yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan sifatli boshlab olgan Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani fermerlari shartnomaviy rejani oshig‘i bilan bajardilar.
Yurtimizning boshqa hududlarida g‘alla hosili yig‘im-terim jarayoni davom etmoqda.

Axborot xizmati.