"O`zdonmahsulot" AK

Ustoz ko‘rgan shogirdlar

O‘zbek xalqida “Ustoz - otangdek ulug‘” degan purhikmat naql bor. Bu birgina jumla, har bir kasbni mohir ustasi, mukammal egasi bo‘lish uchun avvalo, shu sohada yetarli tajribaga ega bo‘lgan, uning qiyinchiliklaridan muvaffaqqiyatli o‘ta olgan insonni ustoz bilib, hunar sir-asrorlarini undan o‘rganmoqqa astoydil bel bog‘lash, unga hurmat-ehtiromda bo‘lmoq lozimligini anglatadi.
“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi har bir korxonada 35-40 turdagi kasb egalari mehnat qiladi hamda ularda ustoz-shogird an'analari samarali yo‘lga qo‘yilgan. Jamoaning ahiligi va uyushqoqligi har qanday sohada samarali najaga erishishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jumladan, “Popdonmahsulotlari” AJ da ham o‘z kasbining mohir egasiga aylanib, korxonaning ishlab chiqarish hajmi yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan tajribali, fidoyi ishchi-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Rasuljon Yigitaliyev, Alijon Nazarov, Sodirjon Tojiboyev hamda Sultonali Sharipov kabi yuqori malaka ega xodimlar shular jumlasidandir.
Korxonada jami 250 dan ortiq xodimlar mehnat qilib kelmoqda. Korxonaga ishga qabul qilingan yosh xodimlar tizimli ravishda ustoz-shogird an'anasi asosida tajribali xodimlarga biriktiriladi va ulardan kasb saboqlarini mukammal o‘rganib malaka va ko‘nikmagaa ega bo‘ladilar.
- Ustozim Rasuljon Yigitaliyevdan chilanarlik sir-asrorlarini qunt va sabot bilan o‘rganmoqdaman.- deydi korxona ishchisi Nodirjon Apsoliyev - Chilangarlik kasbini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishim kuchli, ishtiyoqim baland. Kelajakda ustozimga o‘xshagan zo‘r usta, hamma havas qiladigan ustoz-murabbiy bo‘dishni orzu qilaman.
“Popdonmahsulotlari” AJ da ishlab chiqarilayotgan un, makaron non va non mahsulotlarining hajmi va sifati yuqori. Zero, ishchi xodimlardagi kasbga bo‘lgan mehr, hunar o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq korxonaning taraqqiyot sari ildam qadam tashlashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Axborot xizmati.