"O`zdonmahsulot" AK

O'zbekistonda respublika prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi joriy etiladi.

O'zbekistonda respublika prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi joriy etiladi. U aholiga onlayn maslahat berish bo'yicha qo'shimcha imkoniyatga ega bo'ladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma`lum qilingan.

Qayd etilishicha, bu boradagi tegishli amaliy chora-tadbirlar 2018 yil 20 iyunga qadar ishlab chiqiladi. Axborot texnologiyalari vazirligi bu borada mas`ul etib belgilandi.

Ta`kidlanishicha, bunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy ta`minoti takomillashtirilib, unda aholiga to'g'ridan-to'g'ri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi.

1. Davlat organlaridagi turli jarayonlarni optimallashtirish uchun shunchaki avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilishgina emas, balki intellektual tizimlarni joriy qilish ham ko'zda tutilmoqda. 

2. Davlat elektron xizmatlari. Bugungi kunda 350dan ortiq interaktiv xizmatlar yagona portalda joriy qilingan. Bu xizmatlarning taxminan 20 foizigina aholi o'rtasida talabgor. Shu bois Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi bilan hamkorlikda eng ustuvor 50 xizmat turi aniqlandi, ular optimallashuv va takomillashuv jarayonlaridan birinchi bo'lib o'tadi hamda elektron shaklga o'tkaziladi. 

3. Axborot maydonining barcha tizimlarini birlashtiruvchi Integratsion platforma yaratish. Shunda odamlar hujjatlar bilan xonama-xona sarson bo'lmay, elektron hujjatlarning idoralararo uzatilishi yo'lga qo'yiladi. 

3. Butun respublika bo'ylab saylovchilarni ro'yxatga oluvchi yagona tizim joriy qilish va saylov jarayonini boshqarish.

4. Prezident virtual qabulxonasining yangi versiyasi. Bugunga kelib 1,5 million kishi davlat rahbarining virtual qabulxonasiga murojaat qilgan. Tez orada virtual qabulxonaning yangi versiyasi ishga tushadi. Uning avvalgisidan farqlari:

- murojaatlardan kelib chiqib tahlillar o'tkaziladi: eng ko'p beriladigan savollar qaysi, aholini ko'proq qanday muammolar o'ylantirmoqda - shu kabi savollarga ko'p beriladigan javoblar tayyorlandi, bu ba`zi odamlarning murojaat qilmay turiboq o'zini qiziqtirgan savolga javob topish imkonini beradi.

- bir elektron maydondan istagan rahbarga chiqish imkoni. Bugungi kunda ko'plab vazirlik va idoralar o'z saytiga ega. Ularning har biriga alohida murojaat qilish ko'pincha qator noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Endi bularning bari markazlashtiriladi. 

- onlayn-konsultant. Call-markazlar mavjud, endi ularga qo'shimcha ravishda chatlar orqali savollar berish va muayyan muammo yechimini izlash imkoni kiritiladi.

- ma`lumotlar tahlili. Ushbu ma`lumotlar asosida to'g'ri boshqaruv qarorini qabul qilish. Qaysi sektorlarda muammo eng ko'pligini bilib olish va shundan kelib chiqqan holatda yig'ilishlar kun tartibini shakllantirish.

5. Davlat organlari xatti-harakatlari ochiqligi. 2015 yilda ochiq ma`lumotlar portali ishga tushdi. Mazkur portalni modernizatsiyalashtirish ko'zda tutilmoqda. Shu yilning o'zida kamida 500 ma`lumot taqdim etish. Bu eng avvalo davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta`minlaydi. Shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar muhokama qilinuvchi portal ham modernizatsiya qilinadi, buning uchun texnik maydon ham ishlab chiqilgan.