"O`zdonmahsulot" AK

2020 - 2022-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 28 aprelda PQ-4699-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha vazifalari belgilab berildi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishlatiladigan barcha axborot tizimlari va resurslarining idoralararo elektron hamkorligi faqat «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Hamda 2020-2022 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar tasdiqlandi.

Raqamli iqtisodiyot ulushini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni boshqarishga axborot tizimlarini joriy qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati hisobotlarini yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanishni javdallashtirish maqsadida «O‘zdonmahsulot» AK korxonalarida yagona buxgalteriya hisobotini yuritish tizimini joriy etish uchun tizim korxonalari moliyaviy hisobotlari markazlashgan buxgalteriya dasturiy tizimiga o‘tkazildi.

Loyiha Kompaniya tarkibidagi korxonalar moliyaviy hisobotlarini yagona tizimda shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Natijada hisobotlar tizimi yagona tarmoqda birlashdi. Barcha hisobotlar shaffof va tezkor amalga oshirilishi ta’minlanmoqda.

Loyihani amalga oshirish natijasida hisobotlar tizimini tezkorligiga erishiladi, hisobotlarni masofaviy yuborish imkoniyati paydo bo‘ladi, moliyaviy natijalarni oshkoraligi ta’minlanadi, iqtisodiy samaradorlik natijalari o‘z vaqtida aniqlanadi, moliyalashtirish manbalarini shaffofligi ortadi, debitor kreditor holatlarni operativ tahlil qilish mavjud bo‘ladi, ortiqcha xarajatlarni oldi olinadi, inson omili aralashuvi kamaytiriladi, ishlab chiqarish va sotish ko‘rsatkichlari hisobotlarini o‘z vaqtida olib borish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.