"O`zdonmahsulot" AK

18 noyabr davlat bayrog‘i qabul qilingan kun


O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi.
Bayroqdagi to‘q moviy rang mangu osmon va obihayot ramzi bo‘lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda bo‘lgan.
Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi.
Qizil chiziqlar esa tomirimizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni — hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq bo‘lib, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. O‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tibor Vatanimiz sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida «Nujum ilmi» taraqqiy etganligi bilan izohlanadi.