Ayni shu maqsadda respublika vazirlik, idora va tashkilotlari bilan birgalikda "Made in Uzbekistan" Xalqaro milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va "O‘zekspomarkaz" MKK AJ tomonidan tashkil etildi.
Unda «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar: non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ko‘rgazma pavilyonidan munosib o‘rin egalladi.
Ko‘rgazmaning maqsadi– mahalliy korxonalarning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarini namoyish etish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatishdan iborat.
Ko‘rgazmada shuningdek, tog‘-kon sanoati, neft-gaz sektori, kimyo va farmasevtika sanoati, avtomobilsozlik va mashinasozlik sanoati, elektrotexnika, qurilish sanoati, to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoati, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, shuningdek moliya muassasasalari xizmatlari, xalq-amaliy san’ati va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati kabi iqtisodiy tarmoqlar ham namoyish etildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu ko‘rgazmada eksportni kengaytirish va iqtisodiyotga investitsiyalarni ko‘paytirish maqsadida respublikaning barcha mintaqaviy korxonalari va birlashmalari ishtirok etishdi.
Ko‘rgazma doirasida milliy iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyati taqdimoti, tayyor to‘qimachilik mahsulotlarining moda namoyishi o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ko‘rgazma dasturidan milliy hunarmandchilik san’ati hamda milliy oshxona mahsulotlarini tayyorlash jarayonlarini namoyish etish joy olgan.
Qayd etish joizki, ko‘rgazma joriy yilning 25 oktyabr sanasiga qadar davom etadi.
Бошка "O`zdonmahsulot" AK yangiliklari