"O`zdonmahsulot" AK

Manfaatli hamkorlikka zamin yaratgan ko‘rgazma

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida «Open South International Business Forum II» xalqaro biznes-forumi o‘tkazildi. Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan salohiyatli yirik sarmoyadorlar va kompaniyalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, chet el davlatlarining mamlakatimizdagi diplomatik korpus hamda savdo uylari vakillari ishtirok etishdi. Forum doirasida surxondaryolik tovar ishlab chiqaruvchilarning mahalliy tayyor mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazma pavilyonidan «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi «Surxondaryodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati mahalliy mahsulotlari ham joy oldi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan mahsulotlar qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur ko‘rgazma mahalliy va xorijlik tadbirkorlarning o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.




Axborot xizmati.