"O`zdonmahsulot" AK

Mustaqillik tantanalari nishonlanmoqda

Istiqlol shodiyonasi, erk tantanasi –Vatanimiz mustaqilligining 28 yillik bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab ko‘plab ma’naviy-marifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
«O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi korxonalar tomonidan ham istiqlol ayyomi munosib nishonlanmoqda. Jumladan, «Xonqa don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida ham bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida korxona tomonidan yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan loyihalar xususida so‘z yuritildi. O‘zining fidoyiligi va munosib mehnati bilan namuna ko‘rsatgan bir qator ishchi-xodimlar korxona tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbirning madaniy qismida yangragan go‘zal quy va qo‘shiqlar bayram ishtirokchilariga birdek ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.





Axborot xizmati.