Asosiy menu

Tadbirlar

Ochiq muloqotlar samarali tashkil etildi

Ochiq muloqotlar samarali tashkil etildi

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi “Buxorodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati raisi va korxonada faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Yoshlar ongida turli yot g‘oyalarga qarshi immunitet shakllantirish va ularning ma'naviyatini oshirish, kitobxonlikka keng jalb qilish, professional salohiyatini oshirish, xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda soha faoliyatiga doir ilg‘or tajribalarni faol o‘zlashtirish maqsadida ingliz tili kurslarini joriy qilish masalalariga bag‘ishlangan ushbu tadbir yosh xodimlarning fikri, muammolari va takliflarini tinglash va qo‘llab-quvvatlashga keng imkon yaratdi.

“Jomboy don mahsulotlari”AJ yoshlari bo‘sh vaqti mazmunli o‘tadi

“Jomboy don mahsulotlari”AJ yoshlari bo‘sh vaqti mazmunli o‘tadi

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi “Jomboy don mahsulotlari”AJ da yoshlarning ma'niviyatini oshirish, ularni kitobxonlikka jalb etish, bo‘ vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. “O‘zdonmahsulot” AK va tarkibdagi tizim korxonalarida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ga asosan korxonada mehnat qilayotgan yosh ishchi-xodimlarning ongida turli yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, ularning ma'naviyatini oshirish, kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida ma'naviyat va ma'rifat tashkilotchilari ko‘magida "Mutolaa xonasi" tashkil qilindi. Mazkur xonada ko‘pgina yangi kitoblar, jumladan, huquqiy va siyosiy adabiyotlar, Prezident asarlari, tarixiy, psixologik, janrdagi hamda badiiy adabiyotgan joy oldi. Shuningdek yoshlarning qiziqishiga ko‘ra, davriy nashrlar gazeta va jurnallarni mutolla qilishga mo‘ljallangan burchak ham tashkil etildi.

Buyuk allomalar ijodiga ehtirom

Buyuk allomalar ijodiga ehtirom

9 fevral kuni “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ da buyuk siymolar, ajdodlar, davlat arboblari merosini asrab avaylash maqsadida ularning tavallud ayyomlarini nishonlashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. “She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy va buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur xayoti va ijodiga ehtirom” deb nomlangan mazkur tadbirni korxona boshqaruv raisi J.Utashev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muallifi

Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muallifi

31 yanvar kuni “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida “Konstitutsiya va qonun talablariga og‘ishmay amal qilish - ma'naviy saviyamiz va madaniyatimizning asosiy me'zoni” mavzusidagi tadbir hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi. Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda “Qishloqqurilishinvest” injiniring kompaniyasi xodimlari, kompaniya ijro apparati va tizim korxonalari vakillari ishtirok etishdi.

Savdo yarmarkalari aholiga qulaylik yaratmoqda

Savdo yarmarkalari aholiga qulaylik yaratmoqda

Yurtimizda har bir bayramning o‘zgacha gashti va fayz tarovati bor. Mo‘jizalarga boy bo‘lgan yangi yil ayyomi katta-yu kichikka birdek quvonch baxsh etadi. Tobora yaqinlashib kelayotgan 2018-yilni munosib qarshilash, uni yuqori kayfiyatda, to‘kin dasturxon atrofida kutib olish maqsadida Respublikamizdagi birqancha bozorlar hududida joriy yilning 10-dekabridan – 2018-yilning 10-yanvar sanasiga qadar yangi yil savdo yarmarkalari tashkil etilgan.

Mukofot muborak!

Mukofot muborak!

Joriy yilning 7 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” gi farmoni e’lon qilindi. Mazkur farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, barcha qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirib, xalqimizning rizq-ro‘zi va farovonligini, yurtimizning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, agrar sektorda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz davlatimiz rahbarining yuksak e’tiroflariga sazovor bo‘ldilar.