2019 yil 26 yanvar kuni umum xalq ekologik xayriya hashari o‘tkaziladi
Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi
tashabbuslar va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joylardagi jamoatchilik
vakillarining takliflarini hisobga olib mintaqada ekologik holatni va aholining
yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga asosan, 2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq
ekologik xayriya hashari o‘tkaziladi.
Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida mahallalar, aholi punktlari,
ko‘p qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar
va qabristonlar, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga
keltiriladi.
Mazkur xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar Orol dengizining
suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni
va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan,
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga
sarflanadi.
- Xususiylashtirish dasturi bo‘yicha axborot berildi
- O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi
- Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
- Yangi Toshkent qurilishi ma’rifat maskanlaridan boshlanadi
- “Yashil makon” loyihasi va obodonchilik bo‘yicha vazifalar belgilandi
- Prezident iftorlikda ishtirok etdi