Asosiy menu

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

Jamg‘arma mablag‘laridan yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini o‘z vaqtida moliyalashtirishda foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Nizomga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘laridan yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini o‘z vaqtida moliyalashtirishda foydalaniladi.

Jamg‘arma davlat xaridi uchun paxtaning umumiy hajmi bo‘yicha – “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan, g‘allaning umumiy hajmi bo‘yicha esa – “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan Bosh bitim tuzadi.

Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi, to‘lovlar va hisoblarni to‘liq hamda o‘z vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

UzA