Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat turi joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)da manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushirildi. Mazkur davlat xizmati jismoniy shaxslarga fuqarolarning mamlakat hududida yashashi uchun ro‘yxatga qo‘yish va chiqarishni tasdiqlovchi ma’lumotnomani olish bo‘yicha elektron ariza berish imkoniyatini taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi xizmatni taqdim etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining manzil-ma’lumot byurosi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlardagi ichki ishlar boshqarmalari vakolatli organlar hisoblanadi.
Yangi xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchi maxsus login va parolni kiritgan holda Yagona identifikatsiya tizimi (id.gov.uz) orqali amalga oshiriladigan YAIDXPdagi jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirishi zarur. «Xizmatlar» bo‘limida yoki «Ma’lumotlar» kategoriyasi bo‘yicha xizmatlarni saralash orqali foydalanuvchi vakolatli organga elektron ariza yuborishi mumkin.
Bunda foydalunuvchi YAIDXP orqali faqat o‘zining shaxsiy manzil-ma’lumot axborotlariga so‘rov yuborishi va uni qabul qilishi mumkinligini hisobga olish joiz. Bu esa arizaning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi zaruriyatini ta’minlaydi. Barcha amaliyotlar amalga oshirilgandan so‘ng uch kun mobaynida o‘rnatilgan tartibda fuqaro ro‘yxatdan o‘tganligi va chiqarilganligini tasdiqlovchi manzil-ma’lumot axborotlarini olish bo‘yicha yuborilgan so‘rovga ma’lumotnoma ko‘rinishidagi javob yuboriladi.
UzA

Бошка Mamlakat yangiliklari
- Prezident iftorlikda ishtirok etdi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
- O‘zbekiston xalqiga tabrik
- Yangi O‘zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi
- Qishloq xo‘jaligida unumdorlik va manfaatdorlikni oshirish choralari belgilandi
- Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi