Asosiy menu

Yo‘lni kesib o‘tayotganda mobil telefondan foydalangan piyodalar jarimaga tortiladi

O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.

Mazkur Kodeksning 138-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan, piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek e'tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bunday jarima jazosi transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish holatida ham qo‘llanadi.

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Hujjat "Xalq so‘zi" gazetasida e'lon qilindi va 24 sentyabrdan kuchga kirdi.

http://xs.uz/