Matbuot anjumanida kompaniya faoliyati keng yoritildi
Aytish lozimki, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 44 ta korxona va ushbu korxonalarning 25 ta filiali faoliyat ko‘rsatadi. Bugungi kunda tizimdagi korxonalarda 58 ta un ishlab chiqaruvchi tegirmon, 101 ta non sexi, 48 ta makaron sexi, 48ta omuxta yem sexi, 12 ta yorma sexi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini kengaytirish, ishlab chiqarish sexlarini modernizatsiya qilish maqsadida 2010-2018 yillarda Germaniyaning «Wachtel» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 82 ta zamonaviy non sexi dastgohlari majmuasi, Rossiya davlatining «Viniks» firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 13 ta non sexi dastgohlari ishga tushirildi. Natijada mahsulot sifati yaxshilanib, non mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va sifati oshdi. Hozirgi vaqtda ushbu sexlarda 50 turga yaqin non va non mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikamizning olis qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi aholiga issiq non mahsulotlarini yetkazib berish sharoitlari yaratildi.
Anjumanda so‘zga chiqqan mutaxassislar tomonidan bugungi kunga qadar kompaniya tomonidan ishlab chiqarish sohasida erishilgan yutuqlar va kelgusida belgilangan ustivor vazifalar xususida so‘z yuritdilar.
Tadbir davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Axborot xizmati.