Asosiy menu

Ma’naviyati yuksak xalq

Yoshlar ma’naviyatini oshirish ularda yot mafkuralarga qarshi ma’naviy immunitet shakllantirish masalasi hamon o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda.
“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi “G‘alla-Alteg” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan davra suhbati ham ayni shu mavzuda bo‘ldi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat markazi mutaxassislari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Yashnobod tuman kengashi vakillari, korxona rahbari va mutasaddilari, yosh xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar o‘zbek xalqi azal-azaldan ma’naviyati buyuk xalq ekanligini, Ajdodlarga munosib avlod bo‘lish har bir farzand oldida turgan yuksak burch ekanligini ta’kidlashdi.
Tadbir davomida yoshlar ongida yot g‘oyalarning salbiy ta’sirlarini o‘zida aks ettirgan roliklar namoyish etildi.

Axborot xizmati.