Asosiy menu

Xorazmlik g‘allakorlar shijoati

2018 yil boshoqli don ekinlari hosilini qisqa muddatda va sifatli yig‘ishtirib olish hamda davlat resurslariga g‘alla sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida yurtimiz bo‘ylab g‘alla hosili yig‘im terim mavsumi olib borilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyatida mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil qilinib kelinmoqda. Viloyatning Xonqa, Xazorasp, Qo‘shko‘pir va Gurlan tumanlarida bugungi kunga qadar yuqori natijalar qayd etilib, viloyat miqyosida yetakchilikni saqlab kelmoqda.
Qayd etish joizki, ilg‘or mehnatkashlar mehnati samarasi o‘laroq Xorazm viloyati g‘allakorlari davlatga don sotish bo‘yicha topshiriq rejasini muvaffaqqiyatli bajardilar.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalar va ularga qarashli don qabul qilish shaxobchalarida g‘alla qabul qilish jarayonining onlayn tizimga asoslangan holda olib borilishi ish jarayonining unumli tashkil etilishida xizmat qilmoqda.

Axborot xizmati.