Asosiy menu

Moddiy texnik bazalar mustahkamlanmoqda

“Ohangaron don” AJ tarkibidagi Pskent Don qabul qilish shahobchasining 2018 yilgi G‘alla ekini yig‘im terim mavsumi oldidan moddiy texnik bazasini mustahkamlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Jumladan, don qabul qilish maskanining yong‘in xavfsizligi va xavfsizlik talablariga muvofiq jihozlash ishlariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, zarur ehtiyot qismlar zahirasini yaratildi. Elektr uskunalari texnik xavfsizligi, sozligi qayta ko‘rikdan o‘tkazildi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.
Shaxobchada donni o‘z vaqtida yopiq sig‘imlarga kiritishni tashkil etish, donni qisqa muddatda yopiq sig‘imga kiritishni tashkil etish uchun zarur yuk mashinalari bilan ta'minlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalarni sotib olish ishlari o‘z vaqtida bajarilmoqda.
Aytish lozimki, don qabul qilish shaxobchasida obodonlashtirish va mavsumga hozirlik ishlari joriy yilning 1 may sanasiga qadar davom etadi.

Axborot xizmati.