Asosiy menu

Don qabul qilish shaxobchalari mavsumga tayyor

«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tizim korxonalari, filiallari va shaxobchalarida moddiy-texnika bazasi hamda urug‘lik don tayyorlash sexlarini mavsumga o‘z vaqtida sifatli tayyorlash ishlari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda qishloq xo‘jalik ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3281-sonli qaroriga asosan amalga oshirilayotgan mazkur sa'y-harakatlar 2018 yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun belgilangan hajmdagi boshoqli ekinlar doni va urug‘ligini qabul qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bu borada «Surxandaryodonmahsulotlari» AJ don qabul qilish shaxobchalarida ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, moddiy-texnika bazani o‘z vaqtida sifatli tayyorlash ishlari tashkil etilib, bugungi kunda shay holatga keltirilmoqda. Shuningdek, donni o‘z vaqtida yopiq sig‘imlarga kiritishni tashkil etish uchun qo‘shimcha yopiq sig‘im qurilib, donni qisqa muddatda yopiq sig‘imga kiritishni tashkil etish uchun yuk mashinalari va zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan to‘liq ta'minlash borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qayd etish joizki, kompaniya tarkibidagi tizim korhonalariga qarashli don qabul qilish shaxobchalarida obodonlashtirish va mavsumga puxta hozirlik olib borish ishlari joriy yilning 1 may sanasiga qadar davom etadi.



Axborot xizmati.