Asosiy menu

El koriga yaramoq baxti

Har qanday inson u qaysi kasb egasi bo‘lishidan, qanday faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat'iy nazar, eng avvalo, odamlarga nafi tegishini xalq manfaati uchun xizmat qilishni orzu qiladi. Haqiqatdan ham, halq roziligiga sazavor bo‘lish, el xizmatiga kamarbasta bo‘lmoq yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning negizini tashkil etadi.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va tarkibidagi “Qo‘qondonmahsulotlari” AJ ham ayni shu tamoyillarga tayangan holda respublikamiz aholisi uchun yuqori sifatli un navlari, yorma, omuxta yem, shuningdek, non-bulka, makaron va qandolotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali xalqimiz dasturxoni to‘kinligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ishlab chiqarish ko‘rsatgichi esa, o‘tgan yilga nisbatan 100,6 foizni tashkil etadi.
Korxonada asosiy e'tibor sifatga qaratilgan bo‘lib, yuqori sifat va samaradorlikka erishish eng oliy mezon etib belgilangan. Joriy yilda ham “Qo‘qondonmahsulotlari” AJ ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishish asnosida xalq manfaati uchun xizmat qilishga astoydil harakat qilmoqda.

Axborot xizmati.