Asosiy menu

Savdo yarmarkalari xalqimizga manzur bo‘lmoqda

Xayr-baraka, to‘kin-sochinlik, sahovat ayyomi bo‘lmish Navro‘z umumxalq bayramida xalqimizda to‘kin dasturxon yozish an'ana tusini olgan. Bu keyingi yilda ham rizq-ro‘zning mo‘l bulishi, yilning barakali kelishidan darak beradi.
Bayram arafasida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, bayramni munosib kutib olish maqsadida 15-25 mart kunlari Toshkent shahridagi 12 ta bozor hudularida Navro‘z umumxalq bayrami arafasida savdo yarmarkalari tashkil etilgan.
“O‘zdonmahsulot” Aksiyadorlik kompaniyasi ham mazkur yarmarkalarda ishtirok etib yurtdoshlarimizga turli xildagi non va non mahsulotlari, makaron, qandolatchilik va va boshqa turdagi mahsulotlarni taqdim etmoqda.
Mazkur yarmarkalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2018 yil 13 martdagi №01-03-30-24-sonli Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan maxsus yig‘ilish bayoniga asosan o‘tkazilmoqda.
Ta'kidlash lozimki, bayramoldi savdo yarmarkalari respublikamizning barcha viloyatlarida uyushqoqlik bilan tashkil etilib, xalqimiz manfaati uchun xizmat qilmoqda.

Axborot xizmati.