Asosiy menu

Obodonlik tadbiri

Yurtimizda o‘zgacha tarovati va go‘zalligi bilan dillarni xushnud aylab bahor fasli kirib keldi. Bahor yasharish, yangilanish, qayta jonlanish demakdir. O‘zbek xalqining asriy an'analarini o‘zida mujassam etgan bahoriy ayyom Navruzi olamning aynan shu faslda nishonlananishida ham o‘ziga xos ma'no-mazmun mujassam.
Obod yurtga bayramlar, shodiyonalar yarashadi. Ayni shu maqsadda mamlakatimizda har yili navro‘z umumxalq bayrami oldidan hashar uyushtirish, xonadonlar, mahallalar, qabristonlar, ziyorat maskanlari va boshqa joylarni obodonlashtirish tadbirlari o‘tkaziladi.
Joriy yilda ham Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga asosan 2018 yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
“O‘zdonmahsulot”aksiyadorlik kompaniyasi va tarkibdagi 44 ta tizim korxonalarida mazkur tadbirga uyushqoqlik bilan tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Kompaniya va tarkibdagi tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar umumxalq hashariga jalb qilingan.

Axborot xizmati.