Asosiy menu

Navro‘z arafasida shodiyona

Ona zaminni ko‘klam nafasi, nafis gullar ifori yasharish va yangilanish tarovati qurshab olgan bir pallada Bahor elchisi bo‘lmish Navro‘zi olam o‘zi olib kelgan shukuh, shodiyona, quvonchni o‘zbek xalqiga ulashmoqda. Navro‘z nafaqat elda balki dillarda ham o‘z nashidasini surmoqda. Ushbu ayyomda oliyjanob xalqimiz tomonidan ezgu niyatlar qilinib, rizq-ro‘zimiz mo‘l bulishi, xosilimiz barakali, xirmonlarimiz to‘la bo‘lishi tilanadi. Shundanmi ushbu bayramni o‘tgan kunga shukronalar aytish, ertangi kun uchun yaxshi tilaklar va maqsadlar kutib olish an'ana tusini olgan.
“O‘zdonmahsulot”Aksiyadorlik kompaniyasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Sumalak sayli va Yoshlar sayli bayram tadbirlari o‘tkazildi. Tashkil etilgan bayram dasturxoniga “Qishloqqurilishinvest” Injiniring komraniyasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimlari, respublikamizdagi bir qancha vazirlik idora va tashkilotlarning O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raislari, “Toshkentdonmahsulotlari”, “Galla-Alteg” va “Ohangaron don” aksiyadorlik jamiyatlarining faol tashabbuskor yoshlari va faxriy mehmonlar taklif qilindi.
Tadbirni kompaniya boshqaruv raisi o‘rinbosari E.Alimov kirish so‘zi bilan ochib berib hammani yasharish va yangilanish ezgu niyatlar ayyomi Navro‘zi olam bilan samimiy tabrikladi.
Darhaqiqat, sumalak atrofida, xushvaqt kunlarda bildirilgan ezgu tilaklar o‘z ijobatini topadi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar har kunimiz Navro‘z quvonchi va shod kayfiyati bilan o‘tsin deya iliq tilaklar bildirdilar.
Bayram sho‘x kuy sadolari va san'at ustalari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Axborot xizmati.