Asosiy menu

Faollar ichidan faollar saylandi

“O‘zdonmahsulot” Aksiyadorlik kompanisi tarkibidagi “Toshkentdonmahsulotlari” AJ da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining namunaviy boshlang‘ich tashkilotini tuzish va yetakchilar kengashini tuzish va uning raisini saylashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yashnobod tuman kengashi vakillari, “G‘alla -Alteg”, “Ohangarondonmahsulotlari” va “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatlarida mehnat qilayotgan faol yoshlar ishtirok etdilar.
Yoshlik jo‘shqinlik, shijoat va g‘ayratga boy davr. Umrning ushbu faslida inson yaratuvchanlikka qodir bo‘ladi, mehnatga ilmga ishtiyoqi baland bo‘ladi. Yurtimiz yoshlarini bir maqsad va g‘oya ostida birlashtirib, ularning manfaatlarini himoya qilish evaziga yosh avlod vakillarining ertangi istiqbolini mukammal qurish, bilim va qobilyatlarini yuzaga chiqarish yo‘lida bir qator loyihalarni amalga oshirib kelayotgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tobora ko‘proq yoshlarni qamrab olmoqda. “Toshkentdonmahsulotlari” AJ da tashkil etilgan ushbu tadbir ham ayni shu maqsad va g‘oyalarni o‘zida jamuljam etdi.
Tadbirni korxona mutaxasisi Axad Babaxanov ochib berib o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun mohiyati va yig‘ilish kun tartibi bilan yoshlarni batafsil tanishtirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yashnobod tuman kengashi vakillari mazkur tuzilma tomonidan olib borilayotgan ishlar, ularning mazmun-mohiyati xususida so‘zlab berdi va o‘z navbatida kun tartibidagi dastlabki masala - O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashini tuzish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Yig‘ilganlarning to‘liq ovozlari to‘plangach navbatdagi kengashning 5 nafar a'zolarini saylash masalasi ovozga qo‘yildi va nomzodlar saylab olindi. O‘z navbatida yetakchilar kenashi raisini saylash maqsadida yoshlar tomonidan fikr va mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Jarayon xolisona bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Natijada korxona 2-tegirmon boshlig‘i Xudoyberganov Bobur yeng ko‘p ovoz to‘plab yetakchilar kengashi raisi etib tayinlandi.
- Korxonamizda yoshlarni bir yerga jamlaydigan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti bugun o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi - deydi Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiluvchi korxona labarotoriyasi xodimi Mavluda Alimatova - Men xam yetakchilar kengashi a'zosi bo‘ldim. Bundan judayam xursandman. Kengash a'zosi bo‘lgan yoshlar bilan birgalikda yelkadosh bo‘lib korxonamiz yoshlari manfaatlari yo‘lida harakat qilamiz.
- Yig‘ilish so‘ngida yetakchilikka saylangan yoshlar birma-bir so‘zga chiqib bildirilgan ishonchni oqlashga va kelgusida birgalikda yangi g‘oyalarni tatbiq qilishga xarakat qilishlarini bildirib o‘tdilar.

Axborot xizmati