Asosiy menu

Maqsad ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi muassisligida yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish va ularning ijodga bo‘lgan iste'dodi va qiziqishini qo‘llab quvvatlash maqsadida 2018 yilning 26 yanvar kuni “Buyuk kelajakni birga quramiz” Respublika tanlov-ko‘rgazmasi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida mazkur tanlovni o‘tkazishning tashkiliy masalalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqqa asosan mazkur oliy ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda ko‘maklashish va o‘quv jarayonlarini namunali tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu yig‘ilishda hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar rejasi ko‘zdan kechirilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.
Ta'kidlash lozimki, mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tanlov ko‘rgazmaning maqsadi va uning tashkiliy jarayonlari xususida o‘zaro fikr almshildi. Shuningdek, Milliy rassomlik va dizayn instituti moddiy texnik bazasini yangilash, o‘quv jarayonlarini yaxshilash, Talabalar turar joyi binosi uchun zarur jihozlar bilan ta'minlash yuzasidan qilingan ishlar hisoboti tahlil qilindi.
Qayd etish joizki, o‘tkazilgan uchrashuv do‘stona samimiy muloqot tarzda olib borildi.

Axborot xizmati