Asosiy menu

Yoshlarni bir yerga jamlagan uchrashuv

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi PF-5106 sonli Farmoni yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumki, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi yoshlarning jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi rolini oshirish, ularni har tomonma qo'llab quvvatlash, kelajagani ta'minlash, yetuk kadrlar bo'lib yetishishiga har tomonlama ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan.
«O'zdonmahsulot» aksiyadorlik kompanisi yoshlari ishtirokida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotini kompaniya va uning tarkibidagi tizim korхonalarida tuzish, unga yetakchi saylash va galdagi vazifalarni belgilab olish maqsadida yig'ilish o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkilotining tashkil etilishi, shuningdek, mamlakatimizdagi uyushgan va uyushmagan yoshlarning har tomonlama himoya etilishi, yoshlarni chinakam vatanparvar, fidoyi va intellektual salohiyatli etib voyaga yetkazishga zamin bo'lib xizmat qilishi yig'ilish ishtirokchilari tomonidan aytib o'tildi. Ochiq davra suhbati shaklida o'tkazilgan mazkur yig'ilishda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari va uning o'rinbosarlari saylandi. Shuningdek, kompaniya yoshlari «O'zdonmahsulot» aksiyadorlik kompanisi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora tadbirlar dasturi ijrosini ta'minlash borasida o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Yig’ilish so’ngida tegishli qaror qabul qilinib, uni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Ta'kidlash lozimki, xuddi shunday majlis kompaniya tarkibidagi tizim korxonalarida ham o'tkazildi.

Axborot xizmati.