Asosiy menu

Hashar uyushqoqlik bilan o‘tdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 fevraldagi «2017 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori asosida qadimiy va ardoqli bayramimiz Navro‘zi olamni munosib kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida mart-aprel oylari mamlakatimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi deb e'lon qilindi. Uning doirasida 11-12 mart kunlari o‘tkazilgan umumxalq hasharida kompaniya va tarkibdagi barcha korxonalar xodimalri faol ishtirok etishdi.
Korxona va shaxobchalar hududidagi ariq va zovurlar, ko‘cha va maydonlar, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirildi.

Bundan maqsad Navro‘z bayramini nishonlashga alohida tayyorgarlik ko‘rish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mamlakatimizning sanitariya holatini yanada yaxshilash, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni izchillik bilan hayotga tatbiq etishdir.

Umumxalq xayriya hashari barcha koxonalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Hashar kunlari obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, ariq-zovurlar, lotoklar tozalanib, tartibga keltirilgan. Bundan tashqari, hashar kunlarida daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Hamada mevali, manzarali daraxt ko‘chati, o‘n yetti million tup gul ekildi.

Umumxalq xayriya hashari kompaniyada ham milliy an'analarimizga mos tarzda hamjihatlik, hamkorlik ruhida o‘tdi.
Bu tadbir xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning milliy an'analarimizga sadoqatini, obodlik, ozodalikni yuksak qadrlashini yana bir karra namoyon etdi.

To‘yga to‘yona hozirlash xalqimizning ezgu odatidir. Bu yil ham Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha korxonalar savdo yarmarkalari tashkil etdi.

Matbuot markazi