Asosiy menu

“Navoiydonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida ko‘rgazmali amaliy seminar o‘tkazildi

         2017 yil 9 mart kuni Navoiy shahrida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar ishtirokida «Navoiydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida ko‘rgazmali amaliy seminar o‘tkazildi.
         Seminarda Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ?amroyev Solijon Farmonovich , kompaniya boshqaruv raisi Xaydarov Surat Ochilovich, boshqaruv raisi o‘rinbosarlari Alimov Erkin Jo‘rayevich, Aminov Avaz Axmadaliyevich, kompaniya boshqarma va bo‘lim boshliqlari, mas'ul xodimlari va tarkibdagi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Kompaniya boshqaruv raisi Xaydarov Surat Ochilovich seminarning maqsad, vazifalari va seminarda olingan tajribalarni kelgusida barcha korxonalarda tadbiq etilishi to‘g‘risidagi kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ?amroyev Solijon Farmonovich seminar qatnashchilarini Navoiy viloyatiga kelganlari bilan qutlab, viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.
        «Navoiydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida jamiyat kuzatuv kengashi raisi E.Esanov seminar qatnashchilarga axborot berdi. Seminar savol javoblar asosida erkin muloqat tarzida o‘tkazildi.
        Kompaniya tizimidagi korxonalar faoliyatini masofaviy kuzatuv tizimini yaratish uchun amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida kompaniya axborot texnologiyalari boshqarmasi taqdimot o‘tkazdi.
        Seminarda korxonalar rahbarlariga quyidagi vazifalar yuklatildi:
       2017 yil g‘alla hosilini qabul qilish jarayonida foydalaniladigan elektron tarozilar onlayn dasturini ishga tushirishni 2017 yil 15 aprelgacha yakunlash;
       barcha don korxonalari 2017 yil g‘alla hosili mavsumidan oldin obodonlashtirish va tozalik oyliklarini o‘tkazishga  qattiq e'tibor qaratish.
       Xalqimiz rizqu-ro‘zi, boyligi bo‘lgan bug‘doyni asrab avaylash, talon-tarojlikka yo‘l qo‘ymay  va nes nobud qilmay saqlash barcha don korxonalari ishchi xizmatchilarining vazifalari ekanligini kompaniya rahbari ta'kidlab o‘tdi.
       Kompaniya boshqaruv raisi don korxonalari oldida turgan vazifalar va yechimini kutayotgan muammolar to‘g‘risida don korxonalari rahbarlariga zaruriy ko‘rsatmalar berdi.
       Seminar yakunida «Navoiydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish jarayonlari, donning saqlanishi, mashina texnika parki, ishchi xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan seminar qatnashchilari yaqindan tanishishdi.
       Xuddi shunday tadbir Namangan viloyatining «Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari» aksionerlik jamiyatida o‘tkazish kelishib olindi.

Matbuot markazi.