Asosiy menu

Bozorlarda bayram nafasi

Yangi yil bayrami oldidan respublikamiz viloyat, tuman va shaharlaridagi, hamda Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida savdo yarmarkalari tashkil etildi. Ularning samarali faoliyat olib borishi uchun savdo rastasi ajratildi.
Aholini sifatli va arzonlashtirilgan non va non mahsulotlaridan: baton nonlari, Samarqand noni, Shirmoy non, Qo‘qon patiri, Vodiy patiri, har xil turdagi bulochkalar, quritilgan nonlar, teshik kulchalar, qolipli javdar nonlar, qandolat mahsulotlari, makaron mahsulotlari, oliy navli qolipli nonlar bilan ta'minlash maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu an'anaviy bayramoldi savdo yarmarkalarida sifatli savdo xizmati ko‘rsatish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Har bir savdo nuqtasida to‘lov terminali o‘rnatish, rastalar ozodaligini ta'minlash ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bu boradagi ishlarni yuqori darajada tashkil etish maqsadida kompaniyaning tegishli ishchi guruhi tashkil etilib, ular tomonidan muntazam nazorat qilinmoqda. Mahsulotlarni sifatli va arzon narxda peshma-pesh yetkazib berishda hududlardagi ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlar alohida jonbozlik ko‘rsatmoqda
Bayramoldi yarmarkalarida mahsulotlar sifatli va arzon sotilayotganidan xalqimiz xursad va shukrona keltirmoqdalar. Har qanday bayramning nafasi bozorlarimizdan boshladi.
Joylarda tashkil etilayotgan bunday savdo yarmarkalari bozorlarimiz to‘kinligi, narx-navo barqarorligini ta'minlash bilan birga, xalqimizga bayramona kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Matbuot markasi.