Asosiy menu

Qonun loyihalariga doir faoliyat takomillashtirildi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qonun loyihalariga doir faoliyatini tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etishni ta'minlash, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustivor vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan qonun loyihalarini sifatli va puxta ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2016 yil 4 noyabrda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining qonun loyihalariga doir faoliyati Reglamenti tasdiqlandi.