Asosiy menu

2018 yilda amalga oshirilgan va ishga tushirilgan loyihalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli qarori asosan 2 ta loyiha ishga tushirildi. 
 
«Andijon don mahsulotlari» AJning kunlik quvvati 250 tonnalik tegirmon sexi Ukrainaning «Mogilev-Podolskiy» kompaniyasi va «Dunyo-M» AJning kunlik quvvati 250 tonnalik tegirmon sexi Turkiyaning «Makinas Enerji» kompaniyasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinib, ishga tushirildi.
Shuningdek, «Surxondaryo don mahsulotlari» AJning kunlik quvvati 300 tonnalik tegirmon sexi Turkiyaning «Erkan Makina» kompaniyasi va «Oxangaron don» AJga qarashli «Bekobod un zavodi» filialining kunlik quvvati 70 tonnalik tegirmon sexi Ukrainaning "Mogilev-Podolskiy" kompaniyasi tomonidan modernizatsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 martdagi EDO-21/1-421-sonli bayoniga asosan 3 ta loyiha ishga tushirildi.
 
«Asaka don mahsulotlari» AJning kunlik quvvati 120 tonnalik omuxta yem sexi Turkiyaning «Erkan Makina» kompaniyasi, «Navoiy don mahsulotlari» AJning kunlik quvvati 120 tonnalik omuxta yem sexi Xitoy «JIANGSU YONGLI MACHINERY» va «Bog‘dod don mahsulotlari» AJning kunlik quvvati 110 tonnalik omuxta yem sexi Turkiyaning «Alapala» kompaniyasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinib, ishga tushirildi.
Undan tashqari ushbu bayon asosida baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik ho‘jaliklari uchun ekstruderlangan omuxta yem yetkazib berish maqsadida «Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari», «Koson don», «Oxangaron don» va «Dunyo-M» korxonalarida Rossiyaning «A-Injiniring» kompaniyasi texnologiyasi asosida ekstruder liniyalar bilan jixozlangan sexlar tashkil qilinib, ishga tushirildi.

2018 yilga mo‘ljallangan «Obod qishloq» dasturiga asosan 2 ta loyiha ishga tushirildi.
 
«Do‘stlik don mahsulotlari» AJ tomonidan Mirzacho‘l tumani va Manas qishlog‘ida Rossiyaning «Viniks» kompaniyasi texnologiyalari asosida 2 ta non sexlari qurib ishga tushirildi.
Undan tashqari «Oqtosh don» AJning «Kattaqo‘rg‘on don» filiali tomonidan aholiga sifatli va uzluksiz non va non mahsulotlari yetkazib berish maqsadida Rossiyaning «Viniks» kompaniyasi texnologiyasi asosida yangi non sexi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyuldagi 482-sonli qarori asosan bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta sholi qayta ishlash sexlarida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Loyihalar uchun Xitoyning "Uzbek CHINESE TRADING HOUSE" kompaniyasi tomonidan zamonaviy texnologik uskunalar keltirilishi boshlandi. Binolarda qurilish ishlari yakunlanmoqda. Mazkur loyihalar 2019 yilning yanvar oyi yakuniga qadar to‘liq ishga tushiriladi.



.