Asosiy menu

Xirmon g‘allaga to‘lmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018 yil 29 maydagi PQ-3754sonli qaroriga asosan, joriy yilgi boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida va qisqa muddatlarda sifatli yig‘ishtirib olish hamda davlat resurslariga g‘alla sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish bo‘yicha respublikamizning barcha viloyat va tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida sifatli yig‘ishtirib olish ishlari jadal olib borilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyatida boshoqli don hosilini qisqa fursatlarda yig‘ib olish tadbirlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Mirishkor dehqon va ilg‘or fermerlarimizning saay-harakatlari va mehnatlari samarasi o‘laroq, viloyatning Termiz tumanida shartnomaviy reja bajarildi.
Respublikamiz bo‘ylab g‘alla hosili yig‘im-terim jarayoni davom ettirilmoqda.






Axborot xizmati.