Asosiy menu

Omixta yem ishlab chiqarish hajmi yanada ko‘payadi

“O‘zdonmahsulot” Aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tizim korxonalari tomonidan bir qator investitsion loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu ish unumdorligini oshirish bilan bir qatorda sifatli mahsulot ishlab chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Jumladan, joriy yilning I yarim yilligida “Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari”, “Oxangaron don” va “Koson don” korxonalari tomonidan baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik ho‘jaliklariga uchun Rossiya texnologiyasi asosida estrudirlangan omixta yem ishlab chiqarish sexlari qurib ishga tushirildi.
Qayd etish joizki, mazkur texnologiya asosida tayyorlangan yem pishib yetiladi, natijada u 85-90% ga hazm bo‘ladi va samaradorlik ortadi. Mahsulotningsaqlash muddati bevosita tarkibiga bog‘liq bo‘lib asosan, quruq va salqin joyda saqlashga mo‘ljallangan. Ushbu mahsulotni iste'mol qilgan chorva tez semiradi va ko‘p sut beradi.
Shu jumladan, “Asakadonmahsulotlari” AJ tomonidan ham chorvachilik xo‘jaliklari uchun granulangan (ekstrudirlangan) omixta yem yetkazib berish maqsadida Turkiya texnologiyasi asosida omixta yem sexi modernizatsiya qilinib, ishga tushirildi.
Mazkur korxonalar tomonidan kelgusida ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish evaziga mahsulotni eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Axborot xizmati.