Asosiy menu

Quvvatlar oshmoqda

“O‘zdonmahsulot” Aksiyadorlik kompaniyasi o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don va urug‘lik qabul qilish, joylashtirish va saqlashni ta'minlash bilan bir qatorda, yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta-yem, shuningdek, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlari va respublikamiz aholisini un, non mahsulotlari bilan bilan ta'minlashni tashkil etishda o‘zining samoqli hissasini qo‘shmoqda.
Xuddi shu maqsadda kompaniya va tarkibdagi tizim korxonalarida ivestitsiya loyihalarini amaliyotga jalb etish barobarida tarmoqni jadal rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning I yarim yilligida “Qoraqalpoqdonmahsulotlari”, “Qashqadaryodonmahsulotlari” korxonalari tomonidan Turkiya texnologiyasi asosida tegirmon sexlari modernizatsiya qilinib, ishga tushirildi.
Shu bilan bir qatorda “Do‘stlikdonmahsulotlari”, “Asakadonmahsulotlari” va “Oqtosh don” (Bekobod un) AJlar tomonidan aholiga sifatli va uzluksiz non va non mahsulotlari yetkazib berish maqsadida Germaniya, Rossiya va Turkiya texnologiyasi asosida kunlik quvvati 2 tonnalik non sexlari qurib ishga tushirildi.
Mazkur loyihalar evaziga mahsulot sifati yaxshilanib,ish unumdorligi ta'minlanmoqda. Aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta'minlash borasida ham munosib ahamiyat kasb etmoqda.

Axborot xizmati.