Asosiy menu

Sayyor seminar: tashabbuskor, faol tashkilotchi yoshlar uchrashuvi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Xo‘jakent» dam olish maskanida Vazirlik idora va tashkilotlardagi Yetakchilar kengashi raislari uchun sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yoshlar masalalari bo‘yicha Respublika idoralararo Kengashining 2018 yil 9 fevraldagi 3-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Vazirlik, idora va tashkilotlar, xo‘jalik boshqaruvi organlaridagi Yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashi faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tkazilgan mazkur tadbirda “O‘zdonmahsulot” AK Yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashi raisi ham ishtirok etdi.
Seminarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi va uning tarkibidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkilotlari faoliyati o‘rganilib Yoshlar siyosati masalasida amalga oshirilib kelinayotgan namunali ishlar xususida ma'lumot berildi.
Shuningdek 2018 yil aprel oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlik idora va tashkilotlar Yetakchilar kengashi raislarining hisoboti tanqidiy-tahliliy o‘rganilib yuzaga kelayotgan kamchiliklar yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Qayd etish joizki, tashkil etilgan mazkur seminar Vazirlik idora va tashkilotlarning faol yoshlari uchun tajriba almashish, o‘z tizimidagi yetakchilar kengashi faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Axborot xizmati.