Asosiy menu

Investitsion loyihalar taraqqiyot omili

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi o‘z faoliyati davomida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni qurib ishga tushirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish evaziga mahsulot sifatini yanada oshirish hamda ish unumdorligini ta'minlash, natijada aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta'minlash borasida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Qayd etish lozimki, kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 25 dekabrdagi “Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2697-sonli qaroriga asosan 2017 yilda jami 16ta loyihalar ishga tushirilishi belgilangan edi. Amalda 21 ta loyiha amalga oshirilib 2016 yilga nisbatan mablag‘ o‘zlashtirilishi 117,3 foizga oshirildi.
Joriy yilda esa, tizim bo‘yicha jami 67 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, 27 ta - bug‘doy va sholi donini saqlash va shamollatish uchun mexanizatsiyalashgan metall sig‘imlar loyihasi, 18 ta - sholini qayta ishlash sexlari loyihasi, 4 ta - don saqlash uchun ayvon qurish loyihasi, 3 ta - tegirmon sexlari, 5 ta - omixta yem sexlari, 2 ta - non sexlari va 1 ta - polipropilen qop ishlab chiqarish sexi loyihalaridan iborat. Shuningdek, modernizatsiya va rekonstruksiyaga yo‘naltirilgan 7 ta loyiha mavjud bo‘lib, bu - tegirmon sexlarini modernizatsiya qilishni o‘z ichiga oladi.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda mazkur loyihalarni amaliyotga tatbiq etish ustida ulkan sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Axborot xizmati.