Asosiy menu

Xorazm viloyati ilg'or

Barchamizga ma'lumki, ayni kunlarda yurtimizning barcha viloyatlarida 2017 yilgi g'alla hosili yig'im terim mavsumi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Avval ma'lumot berganimizdek, “O'zdonmahsulot” AK tarkibdagi korxonalar tomonidan joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik ishlari samarali tashkil etilgan. Dalalarda mehnatkash dehqon va fermerlar tomonidan jadal ish olib borilmoqda. Bu borada Xorazm viloyati g'allakorlari Respublikamizning boshqa hududlariga qaraganda yuqori natijalarni qo'lga kiritayotganini alohida qayd etish zarur. Ayniqsa viloyatning Xonqa, Gurlan, Bo'g'ot, Xazorasp, Xiva, Urganch tumanlari bu borada yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, yurtimizning boshqa hududlari dehqon va fermerlari ham shartnomaviy rejalarni bajarish va g'alla хirmonlarini don bilan to'ldirish maqsadida tinimsiz mehnat qilmoqdalar.

Axborot xizmati