Asosiy menu

Mo‘l hosil taraddudi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi «Olimjon» fermer xo‘jaligi a’zolari 23 gektar maydonda baravj o‘sayotgan «Sulton» navli g‘o‘za parvarishida lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarmoqda. Shu bilan birga, xo‘jalikning 36 gektar ekin maydonidagi bug‘doyzorda yetishtirilgan to‘liq boshoqlar hosil cho‘g‘i baland bo‘lishidan dalolat berib turibdi.

– Bu yil paxtadan har gektaridan 40, g‘alladan 60 sentnerdan hosil olishni mo‘ljallayapmiz, - deydi fermer xo‘jaligi rahbari Orifjon Olimov. – 30 ga yaqin ishchidan iborat jamoamiz shu maqsad yo‘lida astoydil mehnat qilmoqda.

UzA