Asosiy menu

Toshkentda I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bo'lib o'tadi

2016-yilning 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro yarmarka «O‘zbekoziqovqatxolding» XK, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” assotsiatsiyasi, «O‘zagroeksport» AJ va «Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi» Direksiyasi MChJ tomonidan tashkil etilmoqda.

Yarmarka O‘zbekiston kompaniyalari uchun o‘z mahsulotlarini taqdim etish, eksport geografiyasini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bozorlarini va yangi xorijiy hamkorlarni topish imkonini beradi. Chet ellik ishtirokchilarga esa, o‘z davlatlari bozorlari uchun meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish borasida hamkorlik aloqalari o‘rnatishga zamin yaratadi.

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida 150 dan ortiq mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib beruvchilar va qayta ishlovchilarning respublikaning barcha hududlaridan ishtiroki kutilmoqda, turdosh soha vazirlik, idora va tashkilotlarning vakillari o‘z mahsulotlarini taqdim etadi, bundan tashqari eksportyorlar va chet ellik xaridorlarga zarur bo‘lgan ma’lumotlar beriladi.

Xususan, ko‘rgazma pavilonlarida, O‘zbekistonda yetishtirilgan ho‘l, quritilgan va qayta ishlangan meva, sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar hamda ziravorlar taqdim etiladi.

Bugungi kunda mahalliy meva-sabzavot yetishtiruvchilar uchun xorijda qayta ishlovchi va riteyl kompaniyalar katta qiziqish uyg‘otmoqdalar.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy ishtirokchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish maqsadida “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompleksi pavilonlarida muzokara maydonchalari faoliyat yuritib boradi, bunda tovar yetkazib beruvchi xorijiy savdo kompaniyalari, xususan xarid qilish bo‘yicha qaror qabul qiluvchi mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishi mumkin.

Shu bilan birga, yarmarkaning xorijiy ishtirokchilari uchun meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga, sovutish komplekslariga va bundan tashqari intensiv bog‘larga, tashrif buyurishlari tashkil qilinadi.

Yarmarkaning asosiy vazifalari:

- xorijiy hamkorlarni O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish salohiyati bilan tanishtirish;

- meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi korxonalar va xorijiy import qiluvchi kompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatli, istiqbolli va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish;

- meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha bitimlar tuzish.

Yarmarka Tashkiliy qo‘mitasi manziliga (Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasi) xorijiy qayta ishlash korxonalari, riteyl kompaniyalar, savdo va logistik markazlar vakillaridan bo‘lajak yarmarkada ishtirok etish bo‘yicha arizalar kelib tushmoqda.

Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tishi 2016-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

http://society.uzreport.uz/news_u_145314.html