Asosiy menu

Iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari

Kompaniyani istiqbolli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi - ishlab chiqarishni uzluksiz texnologik jihatdan yangilash, ichki zaxiralarni doimiy ravishda izlash, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashdan kelib chiqib, quyidagilar 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi:
kompaniya iqtisodiyotining raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikning ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish;
kompaniya iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “Elektron hukumat” tizimi yaratilishini tubdan jadallashtirish;
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash.
Kompaniya tizimida 2016 yilning 9 oy yakunlariga ko‘ra kutilayotgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish o‘sish sur'ati 107,4 foizni va xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish o‘sish sur'ati 102,6 fozni tashkil etadi.
2016 yilning 9 oy yakunlariga ko‘ra jami 10 ta loyiha, jumladan 3 ta tegirmon modernizatsiya qilindi, 3 ta non sexi, 2 ta hajmi 20 ming tonnalik yopiq sig‘im, 1 ta granullangan omuxta yem sexi, 1 ta meva sabzavot quritish sexi yangidan qurib, ishga tushirildi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tizim korxonalarida joriy etish va rivojlantirish maqsadida fermer ho‘jaliklarida tayyorlanayotgan donni qabul qilish jarayonini shaffofligini ta'minlash uchun g‘allani onlayn tarzda elektron hisobga olish tizimi yaratilmoqda.


Axborot xizmati