Asosiy menu

Mavsumga puxta hozirlik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi 259 fermer xo‘jaligi 6 ming 100 gektar maydonda boshoqli don parvarishlamoqda.

Joriy mavsumda 9 ming 760 tonna hosil olishni mo‘ljallagan g‘allakorlar ayni paytda o‘rim-yig‘im ishlariga puxta hozirlik ko‘rmoqda.

– Mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish maqsadida 18 kombayn, 40 yuk tashish avtomashinasi, 10 yoqilg‘i yetkazib beruvchi transport vositasi shay holatga keltirib qo‘yildi, – deydi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi Rashid Boynazarov. – Transport vositalari uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarida zarur sharoitlar yaratildi, yong‘inning oldini olish, hosilni tashish va saqlashda nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari ko‘rildi.

UzA