Asosiy menu

Mahallada non tsexi

Surxondaryo viloyatining Angor tumani Navro‘z mahallasida “Surxondaryodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan non ishlab chiqarish tsexi tashkil qilindi. Hozir bu yerda kuniga 3,2 tonna non va non mahsulotlari tayyorlanmoqda.

– Yaqin kunlarda savdo va umumiy ovqatlanish nuqtalarini ham foydalanishga topshirishni rejalashtirganmiz. Loyiha amalga oshgach, ishchilarimiz yana 12 nafarga ortadi, - deydi korxona ish boshqaruvchisi Chori Pardayev.

UzA